
AIBA prezidenti bo‘lish uchun Umar Kremlyov kimlar bilan raqobatlashmoqda?
Rossiya boks federatsiyasi bosh kotibi Umar Kremlyov xalqaro havaskor boks assotsiatsiyasi (AIBA) prezidenti lavozimiga nomzod sifatida tasdiqlandi.
AIBA rasmiy sayti barcha etti nomzod tasdiqlanganligini ma’lum qilgan. Umar Kremlyovdan tashqari tashkilot prezidenti lavozimiga marokashlik Muhammad Mustasan, ozarbayjonlik Sulaymon Mixaylov, BAA vakili Anas Al-Otaiba, Dominikan vakili Solano Domingo, Gollandiya vakili Boris van der Vorst va germaniyalik Rami Al-Masri nomzodi ko‘rsatilgan.
Ma’lumot uchun, hamyurtimiz G‘ofur Rahimovdan keyin ushbu lavozimda vaqtinchalik Muhammad Mustasan faoliyat yuritib kelayotgandi.
Fikrlar