"Airthings Masters": Nodirbek Yakubboev sobiq jahon shaxmat toji egasini ikkinchi bor mag‘lub etdi
FIDE.com sayti orqali sovrin jamg‘armasi 2 million dollarga teng bo‘lgan onlayn shaxmat turi - "Airthings Masters"ning birinchi musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. 2-divizion, finalga qadar o‘tish bosqichida Nodirbek Yakubboev ham ishtirok etmoqda.
O‘tish bosqichi chorak finalida Yakubboev rossiyalik sobiq jahon chempioni, nomdor shaxmatchi Vladimir Kramnikni 2-1 hisobida mag‘lub etib musobaqadan chiqarib yubordi. Nodirbek Kramnikni g‘oliblar bahsi chorak finalida ham mag‘lub etgan endi. Endi o‘tish bosqichi yarim finalida uning navbatdagi raqibi yana bir rossiyalik shaxmatchi Aleksand Predke bo‘ladi. Juftlik g‘olibi esa xitoylik Yuy Yan’iga qarshi final uchun dona suradi.
Fikrlar