"Al Ahli" - "Nasaf" va "Arkadag‘" - "Andijon" uchrashuvlariga hakamlar tayinlandi

  • 2 sentabr, 14:01
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, joriy mavsumda xalqaro maydonda O‘zbekistonning ikki jamoasi ishtirok etadi.

Tecno

"Nasaf” Elit chempionlar ligasida qatnashsa, “Andijon” birinchi marotaba Osiyo chempionlar ligasi – 2 da yurtimiz sharafini himoya qiladi. Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan ushbu turnirlarning birinchi turiga hakamlar tayinlandi.

Unga ko‘ra, 15 sentyabr kuni Jidda shahrida o‘tadigan “Al Ahli”-“Nasaf” bahsini yaponiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Bosh hakam: Tanimoto Riyo
Yordamchi hakamlar: Takeshi Asada, Takebu Yosuke 
To‘rtinchi hakam: Nagamine Koki
VAR hakamlari: Hiroki Kasahara, Vatanabe Kota

17 sentyabr kuni Arkadag‘ shahrida bo‘lib o‘tadigan OChL-2 doirasidagi “Arkadag‘” - “Andijon” bahsi esa singapurlik hakamlarga ishonib topshirilgan.

Bosh hakam: Ahmad al Badove 
Yordamchi hakamlar: Manoj Kalvani, Ashokraj Jivaraja
To‘rtinchi hakam: Leov Hong Vey

Ma’lumot o‘rnida, Osiyo chempionlar ligasi-2 guruh bahslarida VAR tizimidan foydalanilmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!