"Al-Faysali" bosh murabbiyi: "Bizni yana bir qiyin o‘yin kutmoqda"
Xabaringiz bor, ertaga Qarshining "Nasaf" jamoasi OChL 4-turi doirasida "Al-Faysali" jamoasi bilan kuch sinashadi. Bugun ushbu bahs oldidan matbuot anjumani tashkil etildi.
Raqiblar bosh murabbiyi Marinos Uzunidis o‘yin oldi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Xayrli kech. Bizni yana bir qiyin o‘yin kutmoqda. Bu albatta muhim bahs hamda guruh bosqichi taqdirini hal qiluvchi uchrashuv. Kuchli raqibga qarshi yana bir bor o‘ynaymiz. Ertaga ham maydonda borimizni ko‘rsatamiz.
- Biz o‘zimizning ustun va zaif taraflarimizni bilamiz. Shuningdek, raqib haqida ham shunday deya olaman. Biz allaqachon 3 ta o‘yinda qatnashdik. Shunday ekan, boshqa jamoalarni qisman o‘rganishga muvaffaq bo‘ldik.
Shuningdek, Qatar klubi futbolchisi Solih Al Qumayzining o‘yin oldi fikrlari bilan ham tanishib chiqing.
- Biz uchun muhim bahs va biz mazkur o‘yinda g‘alaba qozonish uchun borimizni beramiz.

Fikrlar