
"Al-Hilol" APL klubi murabbiyi bilan muzokara o‘tkazmoqda
May oyi boshida "Al-Hilol" bosh murabbiyi Xorxe Jesus o‘z lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga esa "Real Madrid" murabbiylik postidan ketishi kutilayotgan Karlo Anchelotti egallashi ko‘plab manbalar tomonidan xabar qilinayotgan edi. Biroq so‘ngi xabarlarga ko‘ra "Fulxem" ustozi Marko Silva riyodliklar boshqaruviga kelish arafasida. Insayder Nikolo Skiraning xabar qilishicha ikkala tomon allaqachon muzokaraga kirishgan va deyarli kelishuvga erishgan.
47 yoshli mutaxassisning "Fulxem" bilan shartnomasi keyingi mavsumning yarmigacha mo‘ljallangan va "Al-Hilol" londonliklar bilan murabbiy uchun to‘lanadigan kompetsatsiya pulini kelishib olish ustida ishlamoqda.
Portugaliyalik mutaxassis London klubi murabbiylik postida 2021-yilning yoz oyidan beri faoliyat olib bormoqda. Ushbu mavsumda uning jamoasi Angliya Premer ligasida 35 ta turdan so‘ng jami 51 ochko jamg‘argan holda 11-pog‘onani egallab turibdi.
Fikrlar