"Al-Hilol" "Oltin toʻp" sohibini oʻz tarkibiga qoʻshib olmoqchi

  • 23.07.2026 13:37
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Saudiyaning "Al-Hilol" klubi kutilmagan transfer amalga oshirish arafasida. Ar-Riyod jamoasi "Pari Sen-Jermen" tarkibida o‘ynayotgan, "Oltin to‘p" sohibi Usmjn Dembeleni sotib olish rejasini ishlab chiqmoqda.

Jurnalist Sasha Tavolieri ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, "Al-Hilol" vakillari Frantsiya terma jamoasi hujumchisining agentlari bilan allaqachon aloqa o‘rnatgan. Agar Dembele saudiyaliklar taklifini qabul qilsa, shundan so‘ng klub PSJ bilan rasmiy muzokaralarga kirishadi.

69th Ballon D'Or Ceremony At Theatre Du Chatelet In Paris

Arab klubi transfer uchun aniq qancha mablag‘ taklif etishi hozircha oshkor etilmagan. "Transfermarkt" portali ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi paytda Usman Dembelening bozor qiymati 100 million yevro atrofida baholanmoqda.

Futbolchining "Pari Sen-Jermen" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan. Avvalroq, fransuz matbuotida Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan parijlik klub 29 yoshli forvard bilan hamkorlikni yanada manfaatli shartlar asosida uzaytirishga tayyor ekani aytilgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!