"Al-Nassr" legioneri bilan xayrlashdi
Saudiya Arabistonining "Al-Nassr" klubi marokashlik etakchisi Abdalrazzoq Hamidallah bilan xayrlashdi.
Klub matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, tomonlar o‘zaro kelishgan holda shartnomani bekor qilgan. Hujumchi 2018 yildan buyon riyodliklar safida harakat qilib kelayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, futbolchi 2019 yil "Globe Soccer Awards" talqiniga ko‘ra eng yaxshi arab futbolchisi nomiga sazovar bo‘lgandi. Hamidallah joriy mavsum 13ta o‘yinda maydonga tushib, 8ta gol urgan va 2ta golga hammualliflik qilgan.



Fikrlar