"Al-Nassr" tezroq bir qarorga kelishi kerak, Aks holda Ronaldu ...

  • 5 yanvar, 2023, 23:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronaldu "Al-Nassr" tarkibidagi debyutini birorta legioner jamoani tark etmagunigacha o‘tkaza olmaydi.

Tecno

Saudiya Arabistoni chempionatida xorijlik futbolchilarga cheklov qo‘yilgan. Unga ko‘ra bir jamoada 8 nafar legioner bo‘lishi mumkin. Ronaldu riyodliklar tarkibdagi 9-xorijlik o‘yinchi hisoblanadi. 

"Al-Nassr" bo‘sh o‘rin yo‘g‘ligi sababli hali Ronalduni ro‘yxatdan o‘tkazmagan. Kimdir transfer qilinishi yoki ikki tomonlama shartnomani bekor qilib, klubni tark etishi kerak. Futbolchilarning ketishi borasida muzokaralar olib borilyapti, lekin hozircha yakuniy bosqichga etib borgani yo‘q.

"Al-Nassr" tarkibida quyidagi xorijlik o‘yinchilar to‘p tepmoqda: darvozabon David Ospina, himoyachilar Gislen Konan va Alvaro Gonsales, yarim himoyachilar Luis Gustavo, Jaloliddin Masharipov, Gonsalo Martines va Taliska, shuningdek hujumchi Vensan Abubakar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!