
"Al-Ta’vun" - "Paxtakor" uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi kim?
Osiyo chempionlar ligasi 2-turidan o‘rin olgan "Al-Ta’vun" - "Paxtakor" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bellashuvda "sherlar" 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
83-daqiqada Ikrom Aliboevning chiroyli uzatmasidan Hojimat Erkinov darvozabon bilan birga-bir chiqib, gol urdi. Zaxiradan maydonga tushib jamoasiga 3 ochko taqdim etgan Erkinov o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Fikrlar