Alaba uning transferi haqidagi mish-mishlarga javob berdi
David Alaba yozda "Real Madrid"dan ketish niyati bo‘lmaganligini ma’lum qildi.
Klub 33 yoshli himoyachining jarohatlari tufayli yozgi transfer oynasida maosh jamg‘armasini kamaytirish va mablag‘larni bo‘shatish maqsadida u bilan xayrlashish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgan edi.
- Men futbolda ancha vaqtdan beri faoliyat yuritaman, mish-mishlar bu biznesning bir qismi. Yaxshiyamki, men bunday narsalarga uzoq vaqt e’tibor qaratmayman. Ko‘p kuldim, chunki bularning barchasi yolg‘on, uydirma edi.
Hozir o‘zimni yaxshi his qilyapman, so‘nggi paytlarda katta rivojlanishga erishdim. Menimcha, terma jamoa uchun 90 daqiqa o‘ynay olardim. Keyingi o‘yinlarda o‘zimni qanday his qilishimni ko‘ramiz. Mening maqsadim - o‘ynash va maydonda bo‘lish, - dedi "Real" va Avstriya terma jamoasi himoyachisi.



Fikrlar