Alba faoliyatini Evropada davom ettirishi ham mumkin
Jordi Alba Evropada qolishi kutilmoqda.
Avvalroq, "Barselona" sobiq himoyachisi "Inter" Mayamiga o‘tishi haqida xabarlar chiqayotgandi. "As" nashri bergan xabarga ko‘ra, tomonlar hamon kelishuvga erishmagan.
34 yoshli ispaniyalik futbolchida faoliyatini Evropada davom ettirish imkoni mavjud. Unga "Inter" hamda "Benfika" klublari tomonidan qiziqishlar bo‘lmoqda. Shuningdek, uni Saudiya Arabistonining ikki klubi ham o‘z tarkibiga qo‘shib olishi mumkinligi haqida xabarlar bor.
Futbolchi hamon qaysidir taklifni qabul qilganicha yo‘q.
Fikrlar