
Aleks Fergyuson chuqur afsusda
Xabaringiz bor, Madridning “Real” jamoasi UEFA Superkubogi uchun kechgan bahsda “Manchester Yunayted”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, bosh sovringa ega chiqdi.
O‘yindan keyin “MYu” sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashib, chuqur afsusda ekanini aytdi.
“Manchester Yunayted” yaxshi o‘ynadi, ammo g‘alaba qozona olmadi. Men ham bir necha bor bunday omadsizlikka uchraganman. UEFA Superkubogida uch marta emas atigi bir marta g‘olib chiqqanimdan afsusdaman”, – dedi Aleks Fergyuson.
Qayd etish joiz, Aleks Fergyuson bosh murabbiy sifatida 1991 yili “Manchester Yunayted” bilan UEFA Superkubogi sovriniga ega bo‘lgandi.
Fikrlar