Aleksa Grasso: "Shevchenko tezkor revanshga loyiq"
Super engil vazn toifasida UFC chempioni Aleksa Grasso nima uchun Valentina Shevchenkoga qarshi tezkor revansh jangiga rozilik berganini tushuntirdi:
"Dominant chempion bir marotaba bo‘lsa ham mag‘lubiyatga uchrashi an’anaga aylangan. Valentina qasos olishga loyiq, men esa qoidalarni hurmat qilaman. U bilan yana bir bor jang qilish sharaf.
Qirg‘izistonlik jangchi shunchaki aql bovar qilmaydigan sportchi va UFC rivoji uchun juda ko‘p ishlar qilgan. Men qiyinchiliklarni yaxshi ko‘raman, Shevchenko bilan jang esa katta mas’uliyatdir", - dedi meksikalik chempion.
Eslatib o‘tamiz, shu yil mart oyida UFC 294 doirasida Aleksa Grasso Valentina Shevchenkoni 4-raundda sabmishn orqali mag‘lub etib, toifaning yangi chempioniga aylangandi.
Ikkisi o‘rtasidagi revansh jangi esa, 17 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar