Aleksandr Usik Joshuaga master klass o‘tib berdi (video)

  • 26.09.2021 07:20
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Buyuk Britaniyaning London shahrida joylashgan "Tottenham Hotspur Stadium" arenasi yilning eng katta boks oqshomlaridan biriga mezbonlik qildi. Unda superog‘ir vazn toifasida WBA, WBO, IBF va IBO kamarlari uchun Entoni Joshua davogar Aleksandr Usikka qarshi ringga ko‘tarildi. Butun jang davomida ustunlik qilgan Usik yakunda 117-112, 116-112 va 115-113 hisobida g‘alaba qozonib, mazkur vazn toifasida ham bir yo‘la 4 yo‘nalish chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi. 

Aleksandr Usik (19-0, 13KO) ungacha birinchi og‘ir vazn toifasida (-90,8 kg) WBSS super seriyasida g‘olib bo‘lib, mutlaq chempion nomiga sazovor bo‘lgan. Joshua (24-,2, 22 KO) esa Endi Ruisdan keyin ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

IMG_20210926_070918_959

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!