Aleksandr Xomyakov: “Nasaf” bilan ochiq futbol o‘ynash tanklar to‘dasiga qarshi borishdek gap

  • 5 avgust, 2019, 08:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Coca-Cola O‘zbekiston Kubogi 1/8 Final uchrashuvidan o‘rin olgan “Nasaf” – “Andijon” bellashuvidan so‘ng andijonliklar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov bugungi bahs haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

- Uchrashuvni o‘zlaringiz ko‘rib guvohi bo‘ldingiz. “Nasaf”ga qarshi ochiq futbol o‘ynash juda qiyin. Ammo biz 1-bo‘limda himoyada tartibli o‘ynashga harakat qilgan edik. Biz bu ishni qisman uddaladik. Lekin o‘z jarima maydonchamiz yonida qoida buzganligimiz bizga qimmatga tushdi.

- 2-bo‘limda ham o‘z rejamiz asosida harakat qilayotgandik, biroq tezkor gol bizning rejalarimizni buzib yubordi. Hujumda yaxshi harakat qilgan raqibimiz bugun ishonchli g‘alabaga erishdi. “Nasaf”ga keyingi etapda omad tilayman!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!