Aleksandr Xomyakov: O‘yin bizning nazoratimizda o‘tmadi

  • 25.05.2018 08:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor kecha Pro-liganing 11-turida “Mash’al” o‘z maydonida “Sho‘rtan”ni (3:0) qabul qildi. Uchrashuvdan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida maydon egalari bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov  ham ishtirok etdi va o‘zining o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Biz bugun tezkor gol kiritishga erishdik. Aytishim mumkinki bu bahs bizning nazoratimiz ostida o‘tmadi. Bugun biz barcha imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. Ikkinchi bo‘limda esa asabiylashdik va buning ortidan jazolandik ham. Natijada bir kishi kam bo‘lib qoldik. Shogirdlarim qolgan daqiqalarda yanada mas’uliyat bilan o‘ynay boshlashdi va qarshi hujumda raqibni ikki bor jazolashdi. Yakunda biz yirik hisobda g‘alaba qozondik", - deydi Xomyakov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!