Aleksis Mak Allister: "Gʻalaba bor, ammo oʻyinimiz ideal emas"

  • 23.02.2026 00:37
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Angliya Premier-ligasining 27-turida "Liverpul" safarda "Nottingem Forest"ni minimal 1:0 hisobida engishga erishdi. Uchrashuv taqdirini yarim himoyachi Aleksis Mak Allisterning so‘nggi daqiqalardagi goli hal qildi.

O‘yindan so‘ng argentinalik futbolchi fikr bildirdi:

"Rostini aytsam, hislar aralash. Gol urishni yaxshi ko‘raman, g‘alaba qozonishni ham. Shu ma’noda kun yaxshi o‘tdi. Ammo biz juda yaxshi o‘ynadik, deb o‘ylamayman. Yaxshilashimiz kerak bo‘lgan jihatlar bor, lekin buni g‘alabadan keyin qilish har doim yoqimliroq", – dedi Mak Allister.

Hozirda "Liverpul" chempionat jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa to‘plar farqi bo‘yicha "Manchester Yunayted" va "Chelsi"dan ortda qolmoqda. "Qizil iblislar" esa mazkur tur doirasidagi o‘yinni hali o‘tkazmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!