
Ali Abdel-Aziz: "Dyu Plessida iste’dod yo‘q, biroq..."
Mashhur menejer Ali Abdel-Aziz o‘rta vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Drikus dyu Plessi haqida gapirdi.
"Bo‘lajak bahsda Xamzat g‘alaba qozonishini xohlayman. U mening do‘stim. Biroq bu bilan dyu Plessiga hurmatsizlik qilmoqchi emasman. Bu yigit ham juda kuchli. Unda iste’dod yo‘q, lekin mehnatsevarlik bor. Rostini aytsam, men uning ashaddiy muxlisiman" - dedi menejer "Submission Radio" ga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Drikus 16 avgust kuni "UFC 319" turnirida Xamzat Chimaev bilan jang qiladi.
Fikrlar