Alisher Nikimbaev: Bilishimcha, O‘zbekiston klublari orasida iyundan beri faqat bir marta test topshirganlari bor ekan. Demak, tizimda nimadir noto‘g‘ri

  • 20 iyul, 2020, 18:12
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekistonda futbol o‘yinlarini to‘xtatish yoki davom ettirish kerakligi borasida bahs-munozaralar davom etmoqda.

Tecno

Bugun saytimizda birinchilardan bo‘lib o‘z pozitsiyamizni bildirgandik. Endi esa mutaxassislarning bu boradagi fikrlarini taqdim etib bormoqdamiz. Biroz avval jurnalist va sharhlovchi Bobur Akmalovning fikrlarini havola qilgandik.

Endi esa Qatar futbolida faoliyat yuritayotgan hamyurtimiz Alisher Nikimbaevga yuzlandik. Uning qarashlari qandayligini quyida o‘qishingiz mumkin.

- Futbolni to‘xtatish yoki davom ettirish borasida javob bera olmayman. Chunki bunga birinchi navbatda O‘zbekistondagi sog‘liqni saqlash vazirligi va PFLning protokollarni ko‘rish kerak. Unda aslida nimalar yozilganini. Lekin bilishimcha, hujjatlar ommaga taqdim etilmagan, faqat klublarning o‘zlarida bor. Shuning uchun baho berish juda qiyin. Lekin “Buxoro”da 8, “Paxtakor”da 5 futbolchida virus aniqlandi. Bilishimcha, klublar orasida iyundan beri bir yarim oyda faqat bir marta test topshirganlari bor ekan. Demak, tizimda nimadir noto‘g‘ri bo‘lmoqda. Shuning uchun hozir tizimni joyiga qo‘yish, xalqaro tajribani o‘rganish kerak. Biroq masalan, Germaniyani tajribasi bizning sog‘liqni saqlash vazirligi protokoliga to‘g‘ri kelmasligi ham mumkin. Shu bois SSV, O‘FA, PFL birgalikda buni hal qilishi darkor. Vaziyat oddiy emas, qaror chiqarish juda qiyin bo‘lishi mumkin.

Qatar klublari, uchrashuvlarga mas’ullar iyundan boshlab shu kungacha 4-5 martalab test topshirdi. Chempionat hali boshlanmadi. Oliy liga 24 iyul, birinchi liga 4 avgustdan qaytadan start oladi. Har bellashuvdan keyin o‘yinchilar test topshiradi. Demak, kamida 3 oy davomida futbolchilar 9-10 marta test topshiradi, ya’ni chempionat 22 avgustda tugaydi (28 avgustda pley-off uchrashuvi bor). Buni vazirlik bilan ro‘yxat qilib, navbati bilan amalga oshirilmoqda. Xuddi shu masalani O‘zbekiston SSV hal etishi lozim.

Men O‘zbekistonda futbol o‘yinlarini vaqtincha to‘xtatilishi tarafdoriman. Sizchi?

photo_2017-11-07_09-35-11

O‘zbekistonda futbol o‘yinlarini to‘xtatish kerakmi yoki davom ettirish? – Bobur Akmalovdan javob

Kimdir Qatarni O‘zbekiston bilan solishtirmasligi kerak, deyishi mumkin. Lekin Qatar aholisi 3 millionga ham bormaydi (ikki million sakkizyuzming). Kecha Qatarda 300ga yaqin virus yuqtirgan odamlar qayd etildi. Foizda hisoblanganda O‘zbekistonda vaziyat qatarga qaraganda yaxshiroq. Qatarda bugungi kunga kelib infektsiya yuqtirganlar 100 mingdan oshdi. Lekin buni solishtirsak, 3 millionga etmagan aholi uchun 100 ming juda katta raqam. Aholining 4 foizi koronavirusga chalingan. Tuzalganlar statistikasi ijobiy – 97 foiz! Bu osonlikcha shunday ko‘rsatkichga kelmadi. Qatarda bu virus bir paytlar 3 millionlik aholi orasida kuniga 2 ming odam kasallangandi. Mana hozir raqamlar pasaydi.

Qatarda kuniga 5 ming odam test topshirmoqda. Demak, futbolchilar soni masalan har bitta klubda 25 tadan bo‘lsa, 12 jamoadan bir-ikki kunda 400-500 test olinmoqda. Kuniga 5 ming test olinayotgan paytda futbolchilarga ham kuniga 200-300tasini berish oson emas. Lekin baribir bu ish qilinmoqda. Shuni inobatga olish darkor.

Qatar chepionatida 12 jamoa qatnashmoqda. Birinchi ligada 8 jamoa bor edi. Biroq o‘sha 8 jamoaning barchasi oxirgi 5 turda qatnashayotgani yo‘q. Chunki ligada 5 ta professional, 3 ta havaskor jamoa bor. Proflarni nazorat qilish juda oson. Chunki ular faqat futbol bilan shug‘ullanadi, uydan mashg‘ulotlarga borishi, bazada, mehmonxonada turishi mumkin. Lekin havaskorlar kunduzi ishlaydi, kechqurun futbol o‘ynaydi. Shuning uchun bunday vaziyatda tavakkal qilmasdan havaskor jamoalarni oxirgi 5 ta turga qo‘ymayapmiz. Birinchi ligada faqat professional klublar qatnashadi. Sababi masalan, hozir bitta havaskor klub 2-o‘rinda bormoqda. U jamoa shu pog‘onani egallasa ham Oliy ligaga chiqish imkoniyati yo‘q. O‘zi 2-o‘rinni olgan jamoa pley-offda ishtirok etishi lozim. Ammo ularda bunga ham huquq yo‘q.

Shu bois havaskorlar bu mavsum o‘yinlarda qatnasha olmaydi. Bu futbolchilarning virus yuqtirib olishi mumkinligini o‘ylab shunday qarorga kelindi, - dedi Alisher Nikimbaev.

Biroz avval PFL 10-turning barcha o‘yinlari qoldirilganini e’lon qildi. Bunga sabab jamoalarda aniqlanayotgan koronavirus deya izohlandi. Tashkilot klublardagilarni jiddiy tarzda ogohlantirdi. Pro liga bahslari ham avgustga qadar to‘xtatildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бум
21/07/2020 22:31
Shuning uchun puli y6q klubla z6rga test topshirgan
&
Бум
21/07/2020 22:31
Puli va tanishi borlar test qilgan qolganlari oddiy xalqdek qiynalgan