
Allegri PSJ da ish boshlashi kutilmoqda
Turinning "Yuventus" klubi sobiq bosh murabbiyi Massimiliano Allegri PSJni boshqarishi mumkin.
La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra parijliklar rahbariyati chempionatdagi 2 ta mag‘lubiyatdan so‘ng Tomas Tuxelni iste’foga chiqarish haqida o‘ylay boshlagan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Allegri “Tottenxem”dan ketishi mumkin bo‘lgan Maurisio Pochettinoning o‘rnini egallashi mumkinligi haqida ham xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Allegri 2014-2019 yillarda “Yuventus”ni boshqargan va bu vaqt ichida 5 karra Italiya chempioni qilgan.
Fikrlar