Allegri Saudiya klubiga bosh murabbiy bo‘ladi

  • 18 yanvar, 03:38
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Massimiliano Allegri ham Saudiya tomon yo‘l olmoqda. U "Al-Ahli"ning yangi bosh murabbiy bo‘lishi kutilmoqda. 

Fabritsio Romanoga ko‘ra, tomonlar kelishuvga erishishga yaqin turibdi. Murabbiy kelasi mavsum boshidan klubda ish boshlaydi. Ayni paytda jamoani boshqarayotgan Mattias Yayssle iste’foga chiqadi. 

"Al-Ahli" hozirda Saudiya chempionati turnir jadvalida 5-o‘rinda turibdi. Jamoa chempionlik uchun kurashmoqchi, lekin germaniyalik mutaxassis buni eplay olmadi.

Faoliyatining so‘nggi o‘n yilida ikki marta "Yuventus"ga tayinlangan Allegri birinchi marta Italiyadan boshqa davlatda ishlashiga to‘g‘ri keladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!