Allegri "Yuventus"ning "qariya" futbolchilarini tarkibda saqlab qolmoqchi

  • 1 iyun, 2021, 18:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Yuventus"ga qaytgan Massimiliano Allegri payshanba kuni klub rahbarlari bilan uchrashadi. Tomonlar kadrlar bilan bog‘liq vaziyatni, xususan, jamoa yulduzi Krishtianu Ronalduning kelajagini muhokama qilishi kutilmoqda.

Shu bilan birga La Gazzetta dello Sport o‘z sahifalarida Allegri himoyachilar Jorjo Kellini va Leonardo Bonuchchini jamoada saqlamoqchi ekanligi haqida xabar bermoqda.

Tez orada 36 yoshli Kellini yangi bir yillik shartnoma taklif etiladi. Bonuchchiga kelsak, u allaqachon Allegri bilan gaplashib olgan. Ular o‘zaro hamkorlikni davom ettirib, yuzaga kelgan muammolarni birga engib o‘tishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, "Yuventus" ortda qolgan mavsum Italiya chempionatini 4-o‘rinda yakunladi va UEFA Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!