Amaldagi Italiya chempioni MYu yarim himoyachisi uchun asosiy da’vogar
Italiyaning "Inter" klubi "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Donni Van de Bekni o‘z tarkibiga qo‘shib olishni rejalashtiryapti.
Ma’lum bo‘lishicha, "neradzurrilar" 24 yoshli futbolchi bilan bog‘liq holatni kuzatib bormoqda. Agar vaziyat o‘zgarmasa, Milan klubi qishda "qizil iblislar"ga rasmiy taklif bilan chiqadi.
Avvalroq, Niderlandiya terma jamoasi a’zosiga "Barselona" klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Ma’lumot uchun, Van de Bek MYu futbolchisiga aylanganidan so‘ng, APLda 20 ta o‘yin o‘tkazib, bittadan gol va assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar