Amanda Nunes kutilmagan qaror qabul qildi
"Combate" nashri tarqatayotgan ma’lumotga ko‘ra, ayollar yarim engil vazn toifasi chempioni braziliyalik Amanda Nunes va uning "o‘rtog‘i" Nina Nunes Julianna Penyadan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng, o‘zlari uchun qadrdon bo‘lgan, "American Top Team" zalidan ketishga qaror qilishgan. Shuningdek, Nunes o‘zi uchun Florida shtatidan alohida zal tashkil qilishni rejalashtirmoqda.
Amanda ATT bilan hamkorlikni 2014 yil, Ket Zinganodan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng boshlagandi. Ushbu zal hamda murabbiylari bilan hamkorlikda Nunes 2016 yil Misha Teytni yutgan holda, ayollar birinchi engil vazn toifasi, 2018 yilda esa bitta vazn tepaga ko‘tarilib, Kris Sayborgni mag‘lub etib, yarim engil vaznda chempion bo‘lgandi. O‘tgan yil dekabr oyidagi Penyadan uchralgan mag‘lubiyat tufayli Amanda birinchi engil vazn toifasi chempionlik kamarini boy berib qo‘ygandi.
Fikrlar