Amonov zaxiradan maydonga tushgan bahsda jamoasi muhim ochkolarni boy berdi
Eron Premer-ligasi 20-turi doirasidagi "Nassaji Mazanderan" - "Istiqlol" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda tomonlar 0:0 hisobida durang o‘ynadi.
Aziz Amonov bahsni zaxira o‘rindig‘ida boshladi. 56-daqiqada o‘yinga qo‘shilgan legionerimiz raqib darvozasi tomon bir necha zarbalar yo‘lladi. Ammo hisob ochilmadi.
Ushbu durang natijasida tehronliklar ochkolari sonini 48 taga etkazib olgan holda, peshqadamlikni biroz mustahkamladi. Mezbonlar 23 ochko bilan 10-pog‘onani band etgan.

Fikrlar