Amorim: Menda g‘oya bor, ammo uni qanday amalga oshirishni bilmayman

  • 26 sentabr, 19:42
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" murabbiyi Ruben Amorim ertaga "Brentford" ga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.

Tecno

"Men yaxshi o‘ynashimiz kerak, degan gapni aytmoqchi emasman. Sababi, bu mavsumda biz shunday qilyapmiz. Muxlislar keyingi o‘yin qanday kechishini bilmasligi bu tabiiy holat. To‘grisini aytsam, menda g‘oya bor lekin uni qanday amalga oshirishimizni bilmayman. Garchi, bosh murabbiy bo‘lsam-da. Bu narsaning ustidan chiqishning eng yaxshi usuli har bir o‘yinni oxirgisidek qabul qilish", - dedi portugaliyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, "qizil iblislar" bu turda o‘z uyida "Brentford"ni qabul qiladi. Bu jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv 27 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:30 da boshlanadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!