Amorim Reshfordni nega o‘ynatmayotgani sababini aytdi

  • 26.12.2024 12:45
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted”ning yangi bosh murabbiyi Ruben Amorim keyingi uchta uchrashuvda klub tarbiyalanuvchisi Markus Reshfordni qaydnomaga kiritmagani ko‘p muhokama qilinyapti.

Portugaliyalik mutaxassis nega bunday qolayotganini ochiqladi.

- Men Reshford bilan har kuni gaplashaman. Biz uning intervyusini emas, o‘yinini muhokama qilamiz. Uni tarkibga kiritmaslik faqat mening qarorim. Men bilganimcha ishlayman. Agar o‘z g‘oyalarimga sodiq qolmasam, o‘zimni yo‘qotib qo‘yaman.

Reshford tarkibga qaytishi uchun nim qilishi kerak? Eng zo‘ri bo‘lish uchun bor imkoniyatini ishga solishi kerak. Barcha o‘yinchilarim menga ulardan va Markusdan nima kerakligini juda yaxshi biladi, - dedi Ruben Amorim.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!