Amorim: “Yunayted”ning muammolari “Siti”nikidan jiddiy!

  • 15.12.2024 17:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted”ning yangi bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoasidagi vaziyat “Siti”dagi hamkasbi Xosep Gvardiola boshidan o‘tkazayotgan muammolarga qaraganda ancha jiddiy ekanini ta’kidladi.

- “Manchester Siti” o‘z ishining shunchalik ustasiki, ular istalgan paytda vaziyatni o‘z foydalariga o‘zgartira oladi.

“Siti” juda kuchli jamoa va uning futbolchilari uzoq yillardan biri Xosep Gvardiola bilan birga ishlab kelyapti. Ular juda ko‘p sovrinlarni yutgan.

Bizning muammolar anchagina jiddiy. Oddiy narsalar ustida ham bosh qotirishimizga to‘g‘ri kelmoqda. Lekin biz ham huddi “Manchester Siti” kabi g‘alaba qozonishni istaymiz.

Ayni paytda har ikki jamoa qiyin davrlarni boshdan o‘tkazmoqda, lekin g‘oliblik istiyoqi hech qachon so‘nmaydi, - dedi Ruben Amorim.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!