"An-Nasr" futbolchisi sobiq klubiga qaytishi mumkin

  • 20 iyul, 16:09
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atletik" Aymerik Lyaport transferi ustida ish boshladi. 

Insayder Fabritsio Romano bergan xabarga ko‘ra, Bilbao klubi "An-Nasr"ga birinchi og‘zaki taklif yuborgan. Saudiyaliklar ayni vaqtda Lyaportni o‘z loyihasining bir qismi sifatida ko‘rmayapti va "Atletik" ispaniyalikni qaytarish uchun harakat qilmoqda. 

Himoyachi basklar safida 2012 yildan 2018 yilgacha to‘p tepgan. Shundan so‘ng u "shaharliklar" safiga o‘tgan. Lyaport "An-Nasr"da 2023 yildan beri harakat qilmoqda. Uning shartnomasi 2026 yilga qadar mo‘ljallangan. 

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!