
"An-Nasr" o‘rtoqlik uchrashuvida yirik hisobda zafar quchdi. Ronaldu esa xet-trik muallifi bo‘ldi
Bir necha daqiqa oldin o‘rtoqlik uchrashuvidan o‘rin olgan "An-Nasr" - "Rio Ave" o‘rtasidagi bellashuv o‘z nihoyasiga etdi.
Mazkur to‘qnashuvda Saudiya klubi yirik 4:0 hisobida muvaffaqiyatga erishdi.
Dastlab uchrashuvning 15-daqiqasida Simakan hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Shundan so‘ng portugaliyalik hujumchi hisoblangan Krishtianu Ronaldu 44, 63 va 68-daqiqalarda gol urib, xet-trikni rasmiylashtirdi.
Ma’lumot o‘rnida, "An-Nasr" navbatdagi o‘yinini 19 avgust kuni "Al-Ittihod"ga qarshi o‘tkazadi. Ushbu bellashuv esa Toshkent vaqti bilan 18:00 da start olishi rejalashtirilgan.
Fikrlar