"An-Nasr" portugaliyalik murabbiyni olib kelmoqchi

  • 18 iyun, 20:08
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"An-Nasr" yangi bosh murabbiyni jalb etish ustida ishlamoqda. Saudiya klubi yaqinda Italiya terma jamoasidan ketgan Luchano Spallettiga murojaat qilgan edi. Spallettiga har mavsum uchun 18 million evro maosh evaziga uch yillik shartnoma taklif etildi, biroq u bu taklifni rad etdi.

Tecno

Endi esa, La Gazzetta dello Sport nashrining xabariga ko‘ra, "An-Nasr" e’tiborini portugaliyalik mutaxassis Serjiu Konseysauga qaratdi. 50 yoshli murabbiy 2024/2025 yilgi mavsum yakunida "Milan" klubini tark etdi, mutaxassis Italiya klubida yarim mavsum ishladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan Saudiya Arabistoni chempionati mavsumida "An-Nasr" turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!