Ana holos! Ikardi "Inter"ni sudga berdi
"Inter" klubi hujumchisi Mauro Ikardi jamoani sudga berdi.
26 yoshli futbolchi jamoaning asosiy tarkibiga qaytishni va 1,5 mln evro tovon puli talab qilmoqda.
Bu yozda "Inter" rahbariyati futbolchini yangi bosh murabbiy Antonio Kontening mavsum rejalariga kiritilmaganligi haqida xabardor qilgan edi.
Futbolchiga "Monako" va "Napoli" qiziqish bildirmoqda. Ikardining o‘zi "Yuventus"ga o‘tishga tayyor, ammo turinliklar transfer bo‘yicha rasmiy taklif bildirishmadi.
Manba: La Gazzetta dello Sport
Fikrlar