Ana xolos! "Barselona" Grizmann uchun "Atletiko"ga yana qo‘shimcha pul to‘ladi
"Barselona" va "Atletiko" klublari frantsiyalik hujumchi Antuan Grizmanning transferi bo‘yicha yuzaga kelgan muammoga echim topishdi.
El Mundo tarqatgan xabarga qaraganda kataloniyaliklar Grizmanning transferi uchun “matraschilar”ga yana qo‘shimcha 15 mln evro tovon puli to‘lab bergan. Endi madridliklar Antuanning transferi masalasida hech kaerga shikoyat qilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, “Atletiko” rahbariyati “Barselona”ni Grizmann bilan bahordayoq, ya’ni uning tovon puli 200 mln evrolik paytida kelishuvga erishganini ta’kidlab, ushbu masalada La Liga rahbariyatiga shikoyat bilan chiqqan edi. Ta’kidlash kerakki, “ko‘k-anor ranglilar” Grizmanni yozda, ya’ni tovon puli 120 mln evroga tushgan paytida rasman sotib olishgan edi.
Ma’lumot uchun, Antuan Grizmann joriy mavsum “Barselona” safida jami 10 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.



Fikrlar