
Ana xolos! "Chelsi" Londonda taslim etildi
Angliya chempionati 32-turi doirasida "Vest Xem" o‘z maydonida "Chelsi"ni qabul qildi va chiroyli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Birinchi taymda klublar bittadan gol kiritishdi. Dastlab Villian hisobni ochgan bo‘lsa, taym so‘nggida Souchek hisobni tenglashtirdi.
Ikkinchi taymda Maykl Antonio mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi, biroq yana Villian vaziyatni tenglashtirdi. O‘yining so‘nggi daqiqasida "bolg‘achilar" yarim himoyachisi Yarmolenko g‘alaba keltiruvchi golni kiritdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng "Vest Xem" APL turnir jadvalida 30 ochko bilan 16-o‘ringa ko‘tarilib oldi, "Chelsi" esa 3-o‘ringa ko‘tarilib olish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi.
Fikrlar