
Ana xolos! Eldor Shomurodov oyog‘ini sindirib oldi!
Ertaga Italiya A Seriyasi 16-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Mazkur turda legionerimiz Eldor Shomurodov harakat qilayotgan "Kalyari" safarda "Napoli" bilan o‘ynaydi. Ushbu uchrashuv uchun sardiniyaliklarning kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi. Shomurodov esa ro‘yxatda yo‘q.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, futbolchimiz o‘ng oyog‘ining barmog‘ini sindirib olgan.
"Futbolchi Eldor Shomurodov mashg‘ulot paytida olgan jarohatidan so‘ng, bugun ertalab tekshiruvdan o‘tdi. Natijada uning o‘ng ooyoqning tovon qismi suyagi singanligi aniqlandi. Tez orada uning ahvoli qayta baholanadi", - deyiladi xabarda.
Fikrlar