
Ana xolos! Floyd Meyvezer "Burj Al Arab" binosi yuqorisida jang o‘tkazadi, uning raqibi engilmas professional bokschi
Professional boks tirik afsonalaridan biri hisoblangan Floyd Meyvezer (50-0, 27KO) 14 may kuni navbatdagi ko‘rgazmali jangda ishtirok etadi. Unga professional bokschi Don Mur (18-0-1, 12KO) raqiblik qiladi. Qiziqarli jihati, ushbu jang Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida joylashgan "Burj Al Arab" binosining vertolyot qo‘nish uchun mo‘ljallangan yuqori qismida bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, anderkard bahsida sobiq UFC chempioni Anderson Silva Bruno Machadoga qarshi jang o‘tkazadi.


Fikrlar