Ana xolos: Jahon chempionati yo‘lidagi raqibimiz Sardor Azmun tarkibdan chetlatildi

  • 17 iyul, 2024, 20:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yili bo‘ladigan jahon chempionatiga chiqish yo‘lida Eron bilan raqobatlashadi.

Tecno

Eronliklarning etakchi hujumchisi Sardor Azmunning klubdagi ishlari yurishmayapti.

O‘tgan yili “Bayer” uni “Roma”ga ijaraga berib yuborgandi. Tajribali hujumchi Rimdan ortga qaytishiga to‘g‘ri keldi.

“Bayer” bosh murabbiyi Xabi Alonso osiyolik futbolchini asosiy tarkibdan va mashg‘ulotlardan chetlatdi. Bild nashrining yozishicha, bunga Sardorning mavsumoldi tayyorgarlik jarayonidagi birinchi mashg‘ulotga kelmagani va bu haqda klub hamda murabbiylar shtabini ogohlantirmagani sabab bo‘ldi.

Azmun o‘zini yomon his qilgani bois, mashg‘ulotga kela olmaganini ta’kidladi. Biroq buni u mashg‘ulotlar tugaganidan keyin aytdi.

Bundan tashqari, Xabi Alonso eronlik forvardning jismoniy holatidan ham qoniqmagani aytilmoqda. Endi Azmun individual dastur bo‘yicha yakka tartibda shug‘ullanishiga to‘g‘ri keladi.

Manbalarga ko‘ra, “Bayer” mutasaddilari 29 yoshli hujumchini sotib yuborish bo‘yicha ish olib bormoqda. Hozircha, Ispaniya chempionatidan “Sevilya” Azmunni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rganib chiqmoqda.

Azmunning leverkuzenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmigacha tuzilgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!