Ana xolos: Jastin G’etji va Iliya Topuriya jangi Oq Uyda o‘tkazilmasligi mumkin
Oq Uyda amerikalik Jastin Getji va engil vaznda amaldagi UFC chempioni Iliya Topuriya oʻrtasida jang tashkil etilishi haqida mish-mishlar tarqalayotgandi. Garchi bu rasmiy tasdiqlanmagan boʻlsa-da, haqiqatga ancha yaqin edi.
Biroq bugun ispan jurnalisti Alvaro Kolmenero mazkur toʻqnashuv Oq Uyda oʻtmasligini taʼkidladi.
"Menimcha, Trampning maslahatchilari Topuriyaning markaziy bahsda qatnashishini maqsadga muvofiq deb hisoblamaydi. Chunki Iliya hozir juda kuchli va u Jastinni nokaut uchratib qoʻyishi ham mumkin. Bilasiz, promoushen uchun mezbonlar vakili gʻalaba qozoñgani maʼqul. Yana ham ochiqroq aytganda, gap Oq Uydagi turnirni AQSh manfaatlariga eng mos tarzda tashkil etish haqida ketmoqda", - dedi Kolmenero.
Fikrlar