Ana xolos: Mbappe tufayli qonunchilik o‘zgaradi

  • 26.02.2024 14:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe faoliyatini “Real”da davom ettirishi tobora oydinlashib bormoqda. Kuni kecha La Liga rahbari Xaver Tebas bu masala 99 foizga hal bo‘lgani haqida gapirdi.

Sport.es saytining yozishicha, Mbappe “Real” bilan shartnoma imzolab bo‘lgan va unga ko‘ra, yozda Madridga ko‘chib o‘tadi. Kilianning  parijliklar bilan shartnomasi tugaganidan keyin Ispaniyada unga maxsus soliq imtiyozi berilishi rejalashtirilmoqda.

Madrid jamiyati 2024 yilning 1 iyulidan amal qiladigan yangi qonun loyihasini taqdim qildi. Unga ko‘ra, Madridning har qanday jamoasiga qo‘shiladigan sportchilar moliyaviy operatsiya va ko‘chmas mulk xarid qilish uchun undiriladigan soliqning 20 foizidan ozod etiladi.

Bu imtiyozga faqatgina so‘nggi besh yilda Ispaniyada muqim yashamagan sportchilarga qo‘llaniladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!