Ana xolos! "Nasaf" Andijonga bosh murabbiysiz keldi

  • 2 iyul, 2019, 14:07
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 13
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston chempionatida Superliganing birinchi davrasi yakuniga etdi. Lekin bu bilan jamoalar hali yozgi tanaffusga chiqib ketishgani yo‘q. Ma’lumki, bugun va ertaga O‘zbekiston Liga Kubogining 2-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Ertaga Andijondagi «Sog‘lom avlod» stadionida «Andijon» klubi Qarshining «Nasaf» jamoasini qabul qiladi.

Tecno

Bugun «Nasaf» vakillari Andijonga etib kelishdi. Lekin qizig‘i shundaki, «Ajdarlar» bosh murabbiysiz kelishgan. Ro‘ziqul Berdievning Andijonga nima sababdan kelmagani albatta ajablanarli va bu borada turli gap-so‘zlar avj olmoqda.

Ma’lumki, Superliganing 13-turida «Nasaf» o‘z maydonida «Surxon»ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi. Lekin o‘sha bellashuvning birinchi bo‘lim o‘rtalarida Berdiev maydonni tark etgani, bunga esa Qashqadaryo viloyati hokimining jamoa o‘yinidan noroziligini bildirganiga javoban murabbiy shunday yo‘l tutgani haqida aytilgandi va keyinchalik Ro‘ziqul Sa’dullaevich yana joyiga qaytarilgandi. Lekin o‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida ham bosh murabbiy ishtirok etmadi va uning o‘rniga katta murabbiy Shuhrat Toshpo‘latov fikrlari bilan o‘rtoqlashgandi.

Shu sababli «Andijon» - «Nasaf» o‘rtasidagi uchrashuvga mehmonlarning bosh murabbiysiz kelgani turli mish-mishlarning avj olishiga sabab bo‘lmoqda. Biz esa vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida klub vakillari bilan bog‘landik. Aytishlaricha, Ro‘ziqul Berdiev Toshkentda murabbiylarning «Pro» o‘quv-kurslarida tahsil olmoqda ekan. Shunday qilib, «Nasaf» jamoasini ertaga bo‘ladigan uchrashuvga Shuhrat Toshpo‘latov tayyorlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ynus Qulmurodov
02/07/2019 20:36
Рузикул Бердиевга Ишонамиз каерда булмасин шогирдлари галаба козонади насаф олга олга насаф
&
Umid Sharipov
03/07/2019 17:12
Nasafga bugungi uyinga omad
&
HAMMAH STAR
03/07/2019 12:08
Sport kanali nma qawqadaryoni yoqtrmaydimi mashalni uyinini obermadilar nasafnikini ham obermayabszlar ancadan beri nasafni uyinini obermayabszlar cempionatda 13ta uynagan busa atiga 4 ta uyinini oberdilar bu qanday bedotlik yoki ociqcasiga etilar obermaymz deb kutyabdi qawqadaryo klublarini lekn uyindan darag yoq kubkda ham lega kubkda ham superda atiga 4ta paxtakorda 13ta ğalati masmi UZBEKISTON SPORT KANALIMAS PAXTAKOR KANALI BOPQOLDI KU
Faqat bahona qarwidagi uyin vaqti uzgarganligi sababli obera olmaymz oberadigan kanal eplaydi baxona pfl meyyani iwlatilar qarwida xarorat 45 harkungisi eng pasi uyinni yana 5/6/7 quyaszlar issiq legiga ham qaraylar wunaqa mayda detallarga etibor berilar bopasa kursini buwatilar 0% iwilar kayfisinti
&
rakurs
03/07/2019 10:21
Рузикул яхши тренер чикди. Насафни тик оекда олиб турибди. Умумуан НАСАФ жамоасида про лар ишлайди деб уйлайман. Урганиш керак менимча!!!
&
Nasaf
03/07/2019 09:37
Ruziqul Berdiyev N 1 uzbekistonda
Jahongir Yuldashev
02/07/2019 18:46
Bizni fudbol siyosatga uxshaydi
&
JASUR3838
02/07/2019 18:37
Nasafim doyim olg'a doyim bulsin g'alaba. Omad bollaga biz siz bilan Nasaf
&
Surxon turon
02/07/2019 16:40
Рӯзиқулам кеттиёв
Behzod Aliev
02/07/2019 16:26
Андижондан галаба кутамиз
&
нодирбек.фк насаф
02/07/2019 14:39
Ертага Насаф жамомизга омад тилайман,олдинги спектакль булди бошка такрорланмайди.Ертага хакконий уйин булади диб умид киламан
&
нодирбек.фк насаф
02/07/2019 14:33
Хаммаси миш миш ертага РУЗУКУЛ Бердиев жамоани майдонга олиб тушади
&
Islombek R
02/07/2019 14:32
Nma bolgan da ham ro'ziqul aka kucli murabbiy.nasafga ertangi oyinda omad
&
dovudhon
02/07/2019 14:24
Рузикулни кучли мураббий деб биламан


Бу уйинда кушниларга омад тилаб коламан