
Ana xolos! Petr Chex faoliyatini xokkeyda davom ettiradigan bo‘ldi
Londonning "Chelsi" va "Arsenal" klublari sobiq darvozaboni Petr Chex faoliyatini xokkeyda davom ettiradigan bo‘ldi.
37 yoshli chexiyalik posbon Angliyaning "Gilford Feniks" xokkey klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda u o‘zining tvitterida ma’lum qildi.
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra Chex ushbu jamoa bilan mavsum yakuniga qadar shartnoma imzolagan. Uning xokkeydagi debyut o‘yini esa 13 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Chex joriy yilning yozida futbolchilik faoliyatini yakunlagan edi.
Fikrlar