
Ana xolos! Rangnikni aldashdi
Ralf Rangnikni “Manchester Yunayted”ga olib kelishda katta va’dalarni bergan klub xo‘jayinlari germaniyalik mutaxassis qayd etayotgan natijalardan norozi bo‘lmoqda.
Buning oqibatida ular yanvar oyida transferlarga pul ajratmaydigan bo‘ldi. Jamoani mavsum oxirigacha boshqarishga kelishgan Rangnik o‘zi istagan futbolchilarga ega bo‘lolmaydi. Avval, klub xo‘jayinlari yangi futbolchilar olinishiga rozilik bergan edi.
63 yoshli mutaxassis “Manchester Yunayted” kuchli to‘rtlikka kirishi uchun klub mutasaddilariga qishda “RB Leyptsig”dan Amadu Aydarani 33 million funtga olishi kerakligini tavsiya qilgandi.
Rangnik klubning unga transfer imkoniyatini bermaganidan xafa bo‘lgani aytilmoqda.
Fikrlar