Ana xolos! Samvel Babayan tez orada o‘zbek klublaridan birining bosh murabbiyiga aylanadi

  • 22 may, 2019, 15:43
  • Bekzod Isayev
  • 30
  • Futbol
CHERY AUTO

Toshkentning «Lokomotiv» klubi murabbiylar shtabida o‘zgarish bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar tarqatdi Tribuna.uz.

Tecno

Nashr manbasiga ko‘ra, «temiryo‘lchilar» rahbariyati bosh murabbiy Andrey Fyodorovni iste’foga chiqarishga qaror qilgan. Uning o‘rniga klub prezidentining maslahatchisi sifatida ishlab kelayotgan Samvel Babayan tayinlanishi kutilmoqda.

Qo‘shimcha qilinishicha, Fyodorov kecha, OChL guruh bosqichining so‘nggi turi doirasida Toshkentda «Al Rayyan»ga qarshi kechgan o‘yindan keyin (3:2) lavozimidan ozod etilishi mo‘ljallangan, ammo iste’fo noma’lum sababga ko‘ra kechiktirilgan.

Andrey Fyodorov bir yil oldin, 2018 yil aprel oyida Andrey Miklyaev o‘rniga «Lokomotiv» bosh murabbiyi etib tayinlangan edi.

Samvel Babayan esa 2019 yil fevral oyidan buyon «Loko» tizimida ishlab kelmoqda. Uning klub prezidenti maslahatchisi lavozimiga tayinlanishi shov-shuvlarga sabab bo‘lgandi, boisi u 2018 yil yanvar oyida O‘FA tomonidan o‘zbek futbolidan umrbod chetlatilgan edi. Keyin ma’lum bo‘lishicha, Babayanning diskvalifikatsiyasi ikki haftadan so‘ng bekor qilingan.

bababa

48 yoshli arman mutaxassisi bunga qadar uzoq yillar «Lokomotiv»ning asosiy raqibi «Paxtakor»da ishlagan, 2014 yilda «sherlar»ni O‘zbekiston chempionligi sari boshlab borgandi. U 2014 va 2015 yillarda O‘zbekistonning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan, 2017 yilda O‘zbekiston milliy jamoasi bilan JCh-2018 yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmagan edi.

Joriy yil mart oyida «Lokomotiv» bosh direktori o‘rinbosari To‘labek Akromov Kun.uz bilan suhbatda Babayan jamoaga murabbiy sifatida emas, balki klub akademiyasini rivojlantirishga mas’ul sifatida tayinlanganini ta’kidlagan edi.

- Yana bir marta qaytaraman, biz Samvel Babayanni murabbiy qilib olib kelganimiz yo‘q. Sababi u katta jamoaga aralashmaydi. O‘ziga ishlarni belgilab berdik. Asosan, maktabimiz infratuzilmasini katta cho‘qqilarga, keyingi bosqichga olib chiqish bilan shug‘ullanadi. Maqsad shu. Babayan yoshlar bilan juda yaxshi ishlaydi, – degandi u.

- Yana bir marta qaytaraman, muxlislar adashtirishmasin, Samvel Babayan faqat maktabimizga qaraydi, selektsiya ishlarini ham o‘zi olib boradi va asosiy jamoaga aralashmaydi, – deya urg‘u bergandi «Lokomotiv» rasmiysi.

Lokoning_yangi_o_yinchilari_1_

Ma’lumot uchun, so‘nggi uch mavsumdan buyon O‘zbekiston chempioni bo‘lib kelayotgan «Lokomotiv» oxirgi 7 ta o‘yindan faqat 2 tasida g‘alaba qozona oldi. OChLda pley-off yo‘llanmasini muddatidan oldin boy bergan jamoa Superligada 9-turdan keyin etakchi «Paxtakor»dan 5 ochko ortda qolgan holda ikkinchi o‘rinda bormoqda.

«Loko» 10-turda «Nasaf» mehmoni bo‘ladi. O‘yin 26 may, yakshanba kuni Qarshidagi «Markaziy» stadionda soat 19:00da boshlanishi belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
AzizGazieff-Marco Simic 55 PFK Pakhtakor Tashkent Uzbekistan GoLions
22/05/2019 16:56
Ажойиб!!
Самвел мужик!!ЖЧ йулланмасини тепадагилар сотди бутун айбни эса у буйнига оворди.
Бу жуда катта жасорат.
Локо энди кучаяди бунга шак-шубха йук.
Баба Навбахорни хам чемпион қилган Пахтакорни хам.
22/05/2019 17:03
Сиз точно адашдингиз Бабаян Навбахорда нима ишда ишлаганини ман биламан У уйинчилар машгулот килаётганда тупларни йигиштириб юрган
&
AzizGazieff-Marco Simic 55 PFK Pakhtakor Tashkent Uzbekistan GoLions
22/05/2019 22:59
Олааа)))
Буни беркитадиган жойи йук.
Баба катга борса чемпион
&
Sash
22/05/2019 15:58
Lokomativdi 700 ta muhlisi bor. Shuniyam yuqotadi shekilli. Yuziyam ketiyam bir ekan bu babayan diganlarini.
Abdullo Parpiyev
22/05/2019 16:44
Barchaga assalomu alaykum
Azam Ahmedov
22/05/2019 16:34
Bizda hamasi bolaveradi
Bobur Shox Jorabayev
22/05/2019 16:22
Muhlislar xayratda
АС МИЛАН
22/05/2019 16:17
Умид Аҳмаджанов... No comment !
&
Husayin
22/05/2019 16:10
Navbahor muhlis larga omad
Aybxon Ismoilov
22/05/2019 16:08
Ўзбек футбол мухлисларини устидан кулиш давом этади.
&
Bek 77
22/05/2019 15:51
Qanisila Navbahor muhlislari Aziz Turg‘unboevni ham kechirilishini so‘raymiz Ufa dan kechirvorina Umid aka
&
Gaffarov Muzaffar
22/05/2019 16:45
Aytadiku erkak erkak deb bravoda. Biz buladan farq qilamiz xudo xoxlasa Turg'unboev uchta turdan keyin o'zi shundog'am qaytadi. Bu lattala xam gapiradi xam ertasi kuni aytgan gapidan qaytadi. Nasib qisa 2- davradan yana bitta osiyolik ligeoner keyin yana ikkita yaxshi transfer kutib turipti peregavorla bolib bogan. Ikkinchi davradan kamandamiz ancha kuchayadi. Shu o'rinda Qo'qon bilan Andijonam o'ziga kevosa yaxshi bolardi
&
Navbahor muhhlisi
22/05/2019 18:29
Oka bu rasmiy xabarmi yo taxminizmii
&
Gaffarov Muzaffar
23/05/2019 11:11
Rasmiy
&
darwesh
22/05/2019 22:44
Кизик, Бабаян бош мураббий булса, Еличич коладими ёки кетадими?
&
Rasul7877
22/05/2019 22:02
Lokamativ sastav varatada labanev humoyada kozek hoshimov krimes tojeev yerim himoya andreev iskandarev jeparev ismatullayev hujimda sergaev abduholiqov murabbiy igor babayn ikinchi mavsumdan bollarini oynededi
Alisher Samatov
22/05/2019 20:25
Самвел Бабаянинг яқин дўсти бу Ойбек Қосимов. Пахтакорда ишлашган ва агент сифатида котта соққала қилишган.
Alisher Samatov
22/05/2019 20:24
УФА раҳбари Раматов Локомотив бошлиғи ҳам. Раматовда сўраш керак нэга Бабаянни яхши кўра диб. У.Ахматжанов йўқ қилди Бабаяни. Лекин Раматов манга керак деб қайтариб олди. Демак нимадури бор. Эшитишмча Бабаян ва УФФ эски раҳбарият ишлаган даврида Самвел хакамларни катга тайинланишини хал қилган инсон экан. Балки шунинг учун Самвелни чақиртиришган бўса керак Локмотив раҳбарлари.
Husan Sodiqov
22/05/2019 18:46
Poraxo‘r Ochilboy Ramatov hamtovog‘i Babayanni orqasidan pul yegan
&
ахмад49
22/05/2019 18:38
Нимага АНА ХОЛОС,оддий вазият,якинда Илхом Муминжонов хам Сурхонга кайтади.
Миха Абдуллаев
22/05/2019 17:11
Нима булган такдирдаям биз мухлислар уларнинг ишига аралашмайлик Сизни энергия кетгизиб диккат булганиз колади Карга каргани кузини чукимайди Вакти келганда Бабаян ва Ахмаджонов Пахтакорда бирга ишлаган Бабаянни ёнини олган Бунёдкорда эса уша аризага кул куйган ПАХТАКОРчи Алиев булган Буларни хаммаси сизу бизни устимиздан мазаХ килиш учун режалаштирилган сценария булган Так что переживать килишга арзимайдиган нормал холат
&
Emiliano Sala
22/05/2019 16:57
Sen lobanov bo'lmaganlaringda jchga chiqardik
&
Emiliano Sala
22/05/2019 16:55
Shok! babachoq qo'zichoq qaytmoqda loko yaxshi o'ynardi halol essiz endi babachoq o'g'illarini yig'adi lobanov,andreev ni olib keladi sergeyevni shu tamom qildi o'zi qo'ziqo'y babayan
&
Qo'qon 1912
22/05/2019 16:51
Lokoniyam sinegon payti keptida
&
Ramzis ll
22/05/2019 16:45
Bu O'zbek futboli...... Ana nimaga jahon chempionatiga chiqolmaymiz.
Oldingi fikrlarni ko'rsatish