Ana xolos! Tayson Fyuri kutilmaganda faoliyatini yakunlashini aytdi

  • 2 mart, 2022, 00:20
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boks - WBC og‘ir vazn toifasi chempioni Tayson Fyuri 23 aprel kuni Britaniyada navbatdagi jangini o‘tkazadi. Unga majburiy da’vogar hisoblangan hanyurti Dillian Uayt raqiblik qiladi. Bugun jang oldidan birinchi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan Fyuri bu faoliyatidagi so‘nggi jang ekanini aytdi. 

Tecno

"Bu mening kareramdagi so‘nggi jang va bundan keyin faoliyatimni yakunlayman. Bank hisobimdagi 150 million dollar, sog‘lik, yoshlik....men chet elda katta yahta sotib olmoqchiman. Men faoliyatimni yakunlamoqdaman, bu mening oxirgi jangim, men tugatdim",- deydi u jurnalistlarga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!