Ana xolos! Valverde mavsum yakunlangach "Barselona"dan ketadi

  • 27 oktabr, 2019, 10:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Ernesto Valverde bilan hamkorlikni to‘xtatishga qaror qildi.

Tecno

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 55 yoshli mutaxassis qayd etiladigan har qanday natijadan qa’tiy nazar mavsum yakunida o‘z lavozimini tark etadi.

Aytish kerakki, Valverdening “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilning yozigacha imzolangan va kataloniyaliklar ushbu kelishuvni uzaytirishmoqchi emas.

Ayrim xabarlarga qaraganda “Barselona”ni gollandiyalik mutaxassislar - Ronald Kuman yoki Marko van Bommel boshqarishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Valverde “Barselona”ni 2017 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Ushbu davr ichida jamoa bilan birga 4 ta sovrinni qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!