Ana xolos! Virusga chalingan Rugani va uning sevgilisi farzand kutishayotgan ekan
"Homilam 4 oylikka etib keldi. Buyog‘iga nima bo‘ladi? Faqat kutishga majburmiz. Umid qilamanki, virus bolaga yomon ta’sir qilmaydi. Shifokorlar meni tinchlantirishga urunishmoqda. Lekin o‘zingizni mening o‘rnimga qo‘yib ko‘ring. Bu juda qo‘rqinchli.
Daniele ikkimiz homila haqida xabar berish uchun qulay fursatni kutayotgan edik. Koronavirus barcha rejalarni buzib yubordi. Bu haqida xursandchilik bilan xabar berishni istagan edik. Ishonamanki, biz sog‘ayib ketamiz",- dedi Mikela.
Eslatib o‘tamiz, Daniele Rugani A seriyada virusga yo‘liqqan birinchi futbolchi bo‘ldi. Undan so‘ng, yana bir "Yuventus" futbolchisi Blez Matyuidining tahlil natijalari ham koronavirusga nisbatan ijobiyligi xabar qilindi.

Fikrlar