Ana xolos! Xoland “Manchester Siti”dan tezroq ketmoqchi

  • 09.03.2023 23:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti”dagi debyut mavsumida to‘purarlik mahoratini namoyish qilayotgan Erling Xoland Angliya Premer-ligasining boshqa jamoasiga o‘tmoqchi. Bu haqda ancha nufuzli hisoblangan Daily Mail nashri xabar tarqatdi.

Manbaning ta’kidlashicha, 22 yoshli norvegiyalik futbolchi yozda Manchesterni tark etib, boshqa klubga ko‘chib o‘tishni rejalashtirmoqda.

Xolandning bu qarorga kelishiga nima sabab bo‘lgani va qaysi jamoani mo‘ljallayotgani hozircha oshkor qilingani yo‘q.

“Manchester Siti” Xolandni qo‘lga kiritish uchun o‘tgan yili yozda “Borussiya Dortmund”ga 60 million evro to‘lagan va o‘yinchi bilan 2027 yilning yarmigacha davom etadigan shartnoma imzolagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!