
Ana xolos! Xoland o‘z mamlakatida eng mashhur sportchi emas
TV2 Sport telekanali Norvegiya sportchilarining mamlakat aholisi orasida mashhurligini aks ettiruvchi statistik ma’lumotlarni e’lon qildi.
Reytingni 400 metrga to‘siqlar osha yugurish bo‘yicha 2020 yilgi Olimpiada chempioni Karsten Uorxolm egalladi.
Qizig‘i shundaki, jahon futboli yulduzi, Angliyaning “Manchester Siti” klubi hujumchisi Erling Xoland ushbu reytingda bor-yo‘g‘i oltinchi o‘rindan joy oldi. Yana bir mashhur futbolchi, Londonning “Arsenal” klubi yarim himoyachisi Martin Edegor esa ikkinchi o‘rinni egalladi.
2024 yil avgust holatiga ko‘ra Norvegiyadagi eng mashhur sportchilar:
1. Karsten Uorholm - 35%
2. Martin Edegor - 25%
3. Yoxannes Boe - 20%
4. Birgit Skarshteyn - 19%
5. Markus Rut - 17%
6. Erling Xoland – 17%
7. Yoxannes Klebo - 16%
8. Yakob Ingebrigtsen - 16%
9. Kasper Ruud - 13%
10. Magnus Karlsen - 12%
Qayd etish joizki, aholi o‘rtasidagi so‘rov 2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tgan Olimpiadadan so‘ng darhol o‘tkazilgan va bu natijalarga ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin.
Fikrlar