Ana xolos! "Yuventus" futbolchisi koronavirusga chalindi
"Yuventus" himoyachisi Daniele Rugani COVID-19 koronavirusini yuqtirib oldi. Turin klubi futbolchi kasallikka chalinganini rasman e’lon qildi.
Rugani topshirgan test natijalari uni koronavirusga uchraganini ma’lum qildi.
Hozirda "Yuventus" virus keng tarqalishining oldini olish maqsadida futbolchini jamoaning qolgan a’zolaridan uzoqroqda saqlashga harakat qilmoqda. Shu qatorda, klub Rugani bilan ko‘rishganlarning ro‘yxatini tuzib chiqadi.

Fikrlar