Ana xolos! "Yuventus" Ronaldu sabab yana bir moliyaviy firibgarlikda gumon qilinishi mumkin

"An-Nasr" futbolchisi Krishtianu Ronaldu "Yuventus"da o‘ynagani sabab moliyaviy firibgarlikda ayblanishi mumkin. Bu haqda "La Gazzetta dello Sport" nashri xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi bu borada guvohlik berishga tayyor. Biroq avval u Turin prokuraturasi vakillari bilan uchrashishdan bosh tortgan. Ma’lum bo‘lishicha, "Yuventus" Ronaldudan 19,6 million evro qarzdor sanaladi. 

Agar ayblovlar to‘g‘ri bo‘lib chiqsa, klubdan yana ma’lum miqdorda ochko olib tashlanishi mumkin. Shuningdek, jamoaga 58,8 million evro jarima to‘lash jazosi qo‘llanilishi ham ehtimoldan yiroq emas.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!